Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
янв.21
Toyloq tumanidagi Charog‘bon mahallasida aholi va saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Unda mahalla raisi, tuman Kengashi deputati Matluba Aminova hamda mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi
янв.21
Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
#96_qonun Dastur ijrosi Qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
янв.21
#I-chorak_ish_reja_ijrosi
янв.21
#mart_oyi_ish_reja_ijrosi XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHI ISH REJASINING MART OYIDAGI IJROSI
янв.21
TOYLOQDA JORIY YILDA 245 NAFAR FUQARONING MULK HUQUQLARI E’TIROF ETILDI
янв.21
#96_ta_qonun "Qo'shchinor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati yuzasidan
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining faoliyat to'g'risida.

 Deputatlarning aholi bilan samarali muloqot olib borishi, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishi, qonun, qaror va dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borishiga qulaylik yaratish maqsadida doimiy asosda ishlovchi Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati 2021 yil 23 yanvardan o‘z ish faoliyatini boshlagan. 

2021 yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan 146 ta, 2022 yilda 471 ta, 2023 yilda esa 357 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan. 

Kengashi kotibiyati faoliyati davomida 2021 yilda 24 marotaba, 2022 yilda 28 marotaba, 2023 yilda esa 21 marotaba tuman Kengashi sessiyalari o‘tkazilgan. Sessiyalar davomida mahalliy ijro hokimiyati, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, sud va huquqni
muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa idoralar rahbarlari va mansabdor shaxslarining hisobotlari yoki axborotlari muhokama qilinib, 2021 yilda 226 ta, 2022 yilda 324 ta, 2023 yilda esa 220 ta Kengash qarorlari qabul qilingan. 

E’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihati shundaki 2021-2022 yillarda sessiyalar va qarorlar sonida o‘sish kuzatilgan. Biroq 2023 yilda sessiyalar va qarorlar kamaygan. Bu esa sessiyalarda dolzarb masalalar ko‘rilganligi, sessiya va qarorlar soni emas ularning ijro etilishiga, aholining ko‘proq muammolari hal qilinishiga e’tibor qaratilgan. 

Xalq deputatlari tuman Kengashining ish faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda axborot va ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sessiyalar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Tuman Kengashining ish faoliyati OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda yoritilishi ortidan halqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Sessiyalarda chiqarilgan qarorlar e-qaror tizimi orqali e’lon qilib borilmoqda.  

Slide 1 of 1