Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BILAN ISHLASH VA ULARNING BANDLIGINI TA’MINLASH — DOIMIY KOMISSIYA E’TIBORIDA

Yoshlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash — hudud taraqqiyotining muhim omili. Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hal etish tegishli tashkilotlar hamkorligini talab etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat H.Qudratov Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Yangiobod tuman shtabi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallalardagi yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar masalalariga e’tibor qaratildi.

Yoshlar bilan ishlashda har bir mahallaning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olish, ishsiz yoshlarni daromadli mehnatga jalb etish hamda ularning qobiliyat va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish muhimdir. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini baholab borish zarur.

Deputat tomonidan mahallalarda yoshlarning muammolari va ehtiyojlarini manzilli o‘rganish;
— Ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
— Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
— Yoshlar bilan ishlashda mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish;
— Amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muntazam tahlil qilib borish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Maqsad — yoshlar uchun munosib imkoniyatlar yaratish, ularning bandligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini kuchaytirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2