Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesiniń hápte dawamındaǵı iskerligi (12-16-oktyabr)
янв.21
Puqaralardı qabıllaw.
янв.21
«Húkimet qararları-deputatlar qadaǵalawında»
янв.21
"E-Kengash" PLATFORMASÍ ARQALÍ KELIP TÚSIP ATÍRǴAN MÚRÁJATLAR ÚYRENILMEKTE.
янв.21
Ózbekstan "Adolat" social-demokratiyalıq partiyası Taxtakópir rayonlıq Keńesinde deputatlıq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen Nızamnıń orınlanıwın úyrendi
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
📚 Deputat ózine biriktirilgen nızamnıń orınlanıwın úyrendi.
янв.21
“Deputat máhallede” joybarı.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA MUASSASA HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati I. Kamalov tomonidan Namangan shahridagi “Sardoba” mahallasi hududida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning umumiy holati, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mavjud holatni o‘rganish jarayonida tashkilot binosining ta’mirtalab qismlari va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, muassasaning holatini yaxshilash, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash hamda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur masalalarni hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’mirtalab holatini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari ko‘tarildi.

Deputatlik nazorati doirasida olib borilgan ushbu o‘rganish bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan.

Slide 1 of 3