HUDUDLARDAGI MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi farmoyishi ijrosi doirasida deputatlar va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
🔹 Navbatdagi uchrashuvda tuman Kengashi raisi, kotibiyat mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tuman Kengashi deputatlari B.Abdulmamatov va S.Mirzayevalar ishtirok etib, hududlardagi dolzarb masalalar, fuqarolar murojaatlari va ularning yechimlari yuzasidan muhokamalar olib bordilar.
🤝 Ochiq muloqot va yaqin hamkorlik aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, tegishli choralarni ko‘rish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | YouTube | E-Kengash