Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HÁPTELIK REJESI (6-10-iyul)
янв.21
«Deputat ushırasıwı bolıp ótti»
янв.21
Bilimlendiriwdiń sapası - turaqlı itibarda!
янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Beknazarova Gúlmira Quralbaevna
янв.21
Taxtakópir rayonı veterinariya hám sharwashılıqtı rawajlandırıw bólimi baslıģı D.Úrpetov sózge shıǵıp,
янв.21
Taxtakópir mámleketlik toģay xojalıģı direktorı orınbasarı A.Joldasbaev sózge shıǵıp
янв.21
Taxtakópir rayonlıq Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw bólimi baslıǵı B.Útepbergenov sózge shıǵıp,
янв.21
Taxtakópir rayonı hákimligi bas qánigesi B.Kamalovtıń Jazģı dem alıs dáwirinde ulıwma bilim beriw mektebi oqıwshıları, studentler hám de máhálle jaslarınıń bos waqtın mazmunlı shólkemlestiriwge qaratılģan rayon dárejesinde ótkeriletuģın «Áhmiyetli toqsan kúnlik» ilajlar reje kestesi haqqındaǵı málimlemesi tıńlanıp, tiyisli sheshimler qabıl etildi.
Navbatdagi sessiya masalasi joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan “Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini tashkil etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal xo‘jalik, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Miryunusov, komissiya a’zosi D.Mahmudova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva, shuningdek, mahalla raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Hududda “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish uchun ajratilishi ko‘zda tutilayotgan yer maydoni, uning mavjud holati, infratuzilma imkoniyatlari hamda aholi uchun yaratiladigan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun zarur hujjatlar tayyorlanishi belgilandi.

🌳 “Mening bog‘im” loyihasi – mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash, aholi uchun zamonaviy va qulay yashil maskanlarni yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8