Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov, tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan Kadastrlar palatasi tuman filialida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida filialda davlat tilida ish yuritish holati, xizmat hujjatlari, buyruqlar, qarorlar, rasmiy yozishmalar hamda fuqarolarga taqdim etiladigan axborot materiallarining davlat tilida yuritilishi tahlil qilindi. Shuningdek, binoda joylashtirilgan tashqi va ichki yozuvlar, ko‘rsatkichlar, peshlavhalar hamda axborot stendlarining qonun talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

🔺Nazorat tadbiri davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarida davlat tilidan foydalanish darajasi, murojaatlarni qabul qilish va ularga javob qaytarish jarayonlarida davlat tilining qo‘llanilishi ham atroflicha o‘rganildi.

🔺Muassasa mas’ullari bilan muloqot chog‘ida davlat tili nufuzini oshirish, xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda qonun talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonun ijrosini yanada takomillashtirish, rasmiy hujjatlarda davlat tili me’yorlariga qat’iy amal qilish, axborot materiallarida imloviy va uslubiy xatolarning oldini olish hamda davlat tilining to‘liq va samarali qo‘llanilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8