Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi faoliyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan tumanning “Xo‘jakent” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli L.Niyazova va yoshlar yetakchisi F.Akramov faoliyatlari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan

🔺O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini tashkil etish hamda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🔺Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarga qamrab olish, ta’lim va bandlik masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

🔺Deputat tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron platformalarga kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1