Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova,  Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis G.Soliyeva, "MADAD" NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayevlar tomonidan Guliston  mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisining ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O’rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag’allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish hamda tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.
Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga yo’naltirish, imtiyozli kreditlar ajratish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi. Mahallada tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o’rganish va amaliy yordam ko’rsatish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomorqadan unumli foydalanish, issiqxona tashkil etish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida e’tirof etildi. Deputat tomonidan ish samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallada yangi ish o’rinlari yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1