Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Romitan tumanida hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Shu maqsadda 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Tashrif davomida mavjud infratuzilma, hududlarning obodonlashtirilganlik darajasi, uylar atrofi va umumiy foydalanish joylarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar maydonchalari, yashil hududlar hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan mavjud muammolar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganishlar jarayonida Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish, xususan, “Aqlli tuman” tamoyillari asosida hududlarni boshqarish, muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish, aholi bilan tizimli ishlash mexanizmlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev tomonidan mas’ullarga ko‘p qavatli uylar hududida tartib-intizomni mustahkamlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, har bir hududni namunali maskanga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1