Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
5-Bog'cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva Qoqishtuvon MFYda xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida, tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.

5-Bog'cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva, Qoqishtuvon МФЙ хотин қизлар фаоли tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan fuqarolar faoliyati joyiga chiqib o’rganildi. Xususan, Qoqishtuvon MFY xotin-qizlarining tikuvchilik orqali o’z bandligini ta’minlab, oilaviy daromadini oshirayotgani va mahallada boshqalarga ham o’rnak bo’layotgani alohida ta’kidlandi.
Tashrif davomida tikuvchilik faoliyatining tashkil etilgani, ish jarayonlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi, bozorga chiqish imkoniyatlari hamda ish sharoitlari atroflicha ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning o’z kasbini rivojlantirishga bo’lgan intilishi, yangi dizayn va buyurtmalar ustida ishlayotgani, mijozlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yayotgani ijobiy baholandi.
Muloqot jarayonida faoliyatni yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, zamonaviy tikuv uskunalari bilan ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish va sotuv hajmini ko’paytirish masalalari muhokama qilindi. Xotin-qizlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko’rish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish orqali mahallada yanada ko’proq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’qitish va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahalla iqtisodiy faolligini kuchaytirishga ham erishish mumkinligi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan mazkur yo’nalishni qo’llab-quvvatlash, zarur hollarda imtiyozlar va ko’mak mexanizmlaridan foydalanish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali xotin-qizlar faoliyatini yanada rivojlantirish muhimligi bildirildi. Shu bilan birga, ushbu masala doimiy deputatlik nazoratida bo’lishi qayd etildi.

Slide 1 of 1