Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva Poyjo’y mahalla hududda aholi bandligi ta’minlanganlik holati bilan tanishdi.

5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva hamda MFY xotin-qizlar faoli bilan birgalikda Poyjo’y mahalla hududda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi.
O’rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar va aholining o’zini-o’zi band qilish orqali daromad topish faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, bir qator xotin-qizlar tomorqa yerlari va issiqxonalardan samarali foydalanib, pomidor, bodring hamda boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali oilaviy daromadlarini oshirayotgani qayd etildi. Ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar ichki bozorlarga chiqarilib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga ham munosib hissa qo’shilmoqda.
Shuningdek, xonadonlarda chorvachilik, tikuvchilik va boshqa daromad keltiruvchi faoliyat turlari bilan shug’ullanayotgan fuqarolarning ishlari ham o’rganildi. Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, kambag’allikni qisqartirish va oilalar iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
O’rganish yakunida aholi, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqa va issiqxonalardan unumli foydalanish hamda yangi daromad manbalarini yaratish borasidagi ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo’nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 1