Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Deputat maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 19-Qizilolma saylov okrugidan saylangan deputati Artikova Umida hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamkorlikda “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida maktabda sinf xonalarining holati, o‘quv jihozlari, isitish tizimi va sanitariya sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Ma’lumki, ayni paytda mazkur maktabda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida 180 o‘rinli o‘quv binosi, oshxona va sport zal binolarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish-ta’mirlash ishlari “ZARAVUT SOY QURILISh” MChJ tomonidan bajarilmoqda.

O‘rganish davomida obyektda o‘quv binosini ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetgani, hozirda binolarning tashqi qismini bo‘yash ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, yangi oshxona va hojatxona qurilishi ishlarini boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Deputat tomonidan maktabning o‘quv vositalariga bo‘lgan ehtiyoji, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4