Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Marg‘ilon shahar Tut tagi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Abdullayev kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov tomonidan fuqaroning muammosi atroflicha tinglandi.

Masalani tezkor va qonuniy tartibda hal etish maqsadida Kadastr agentligi Marg‘ilon shahar filiali bo‘limi boshlig‘i bilan bog‘lanib, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan zarur ma’lumotlar olindi. Shundan so‘ng fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, fuqarolarning yer va mulk huquqlari bilan bog‘liq masalalarda huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida javob qaytarish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va tegishli tartib-taomillar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Slide 1 of 4