Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida, ayniqsa, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi paytda yetarli darajada yoritilmagani bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Aholi vakillarining ta’kidlashicha, ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani transport qatnovi va piyodalar harakatida noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, tungi yoritish tizimining yetarli emasligi fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4