Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Ziyokor MFYda istiqomat qiluvchi Sayfullo bobo tomonidan barpo etilgan namunali bog‘da bo‘lib, amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab tashlandiq va qarovsiz holatda bo‘lgan ushbu hudud bugungi kunda tinimsiz mehnat, sabr va yuksak mas’uliyat natijasida yashil va obod maskanga aylangan. Bu yerda 10 dan ortiq meva turlari, 300 dan ziyod daraxtlar parvarishlanib, nafaqat mahalla, balki butun hudud uchun ibratli bog‘ yaratilgan. Har bir nihol, har bir daraxt ortida inson mehnati, yerga bo‘lgan mehr va kelajakka ishonch mujassam.

Tashrif davomida mas’ullar Sayfullo boboning bunyodkorlik ishlarini yuksak baholab, bunday tashabbuslar jamiyatda mehnat madaniyatini shakllantirish, yoshlar ongida tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Bunday namunalar har bir mahalla uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘lib, inson mehnati bilan har qanday tashlandiq joyni jannatmakon maskanga aylantirish mumkinligini yaqqol namoyon etadi.

“Yaxshidan bog‘ qoladi” — bu nafaqat hikmat, balki mehnat bilan yashnagan hayot, kelajak avlodga qoldiriladigan eng go‘zal merosdir.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 7