Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati: ijtimoiy xizmat va infratuzilma tahlili

🔴Tashrif davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim tavsiyasi asosida ijtimoiy ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.

🔴Mas’ullar mahalladagi "Nurli diyor" ko‘chasida yashovchi, II guruh nogironi Sharifa Oltiyevaning xonadoniga tashrif buyurib, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatini o‘rgandilar.

🔴O‘rganishlar davomida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan yordamning amaldagi natijadorligi ko‘zdan kechirildi.

🔴Shuningdek, hududdagi "Nurli diyor" ko‘chasining bugungi holati va yo‘llarning ta’mirtalabliligi masalasi ham atroflicha o‘rganildi.

🔴Mazkur ko‘chaning 2 km qismini asfaltlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

🔴Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning sifatli bajarilishi va ijtimoiy xizmatlar manzilliligi tuman Kengashi kotibiyati tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 10