Bepul dori-darmonlar
ta’minoti o‘rganildi
Aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa,
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish hamda bemorlarni zarur
dori vositalari bilan ta’minlash doimiy nazoratda.
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi
15-Fayzabod saylov okrugi deputati (XDP Kengashi raisi) D.Komilova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi tibbiyot
maskanida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minotining haqiqiy holati
o‘rganildi.
O‘rganish davomida
quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
Birinchi tez tibbiy yordam
ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi dori vositalarining zaxirasi
to‘liq yaratilgan;
Reja asosida ajratilayotgan
dori-darmonlar o‘z vaqtida va tizimli ravishda tibbiyot maskaniga yetkazib
berilmoqda.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va dori
vositalarining ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yetib borishini ta’minlashdir.
Bemorlarga o‘z vaqtida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam va dori ta’minoti doimiy
nazoratda qoladi.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/