Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘rovi: Aholi xavfsizligi nazoratda

🔴Murojaatda "Yangiqishloq" MFY hududidan oʻtuvchi "Kakaydi" kanalidan "Amuzang" kanaliga suv yetkazuvchi 200 metrli yirik ariqning bugungi ayanchli holati va aholi xonadonlariga yetkazayotgan xavfi bayon etilgan.

🔴Mazkur ariqning beton qoplamalari yemirilishi va loyqa bilan toʻlib qolishi natijasida suv sathi koʻtarilib, fuqarolarning tomorqa hamda uy-joylari poydevorlariga jiddiy zarar yetayotgani alohida taʼkidlangan.

🔴Deputat ushbu obʼyektni zudlik bilan texnik koʻrikdan oʻtkazish, muhandislik-mustahkamlash ishlarini olib borish hamda ariqni betonlashtirish choralarini koʻrish masalasini ilgari surdi.

🔴Masʼul tashkilotdan qonunchilikda belgilangan tartibda, yaʼni 10 kun muddat ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan yozma javob berishi soʻralgan.

Slide 1 of 1