Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
"Kitapxanashılar kúni" múnásibeti menen bayram ilajı shólkemlestirildi.
янв.21
Húrmetli kitapxana tarawı xızmetkerleri hám pidayı kitapxanashılar!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI HÁM AǴZALARI MENEN TANISIŃ
янв.21
Deputat xalıqtıń bántligi hám shańaraqlıq isbilermenlik jumısı menen tanıstı
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Begmanov Erniyaz Allaniyazovich
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesinde ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
MADANIYAT MAHALLASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKKA EʼTIBOR

MADANIYAT MAHALLASIDA OILAVIY TADBIRKORLIKKA EʼTIBOR

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi deputati M.Axmadalieva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlar faoli faoliyatini oʻrganish ishlari davomida mahallada xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar manzilli oʻrganildi. 

Jumladan, xotin-qizlar faolining amaliy koʻmagi va tavsiyalari asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan, tomorqadan samarali foydalanib, dehqonchilik va issiqxona tashkil etish orqali qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlgan oilalarga tashrif buyurildi. Oila sohiblari bilan suhbatlar
oʻtkazilib, ularning turmush sharoiti, daromad manbalari, mavjud muammolari hamda kelgusidagi rejalari oʻrganildi. 

Oʻrganishlar yakunida xotin-qizlar faoli bilan tomorqadan unumli foydalanish orqali aholi bandligini taʼminlash, oilalar daromadini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashilib, bu boradagi ishlarni yanada
jadallashtirish, ilgʻor tajribalarni mahallada ommalashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3