Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLE JETILIGI MENEN UShÍRASTÍ
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Seytnazarova Zamira Abdikamalovna
янв.21
Taxtakópir rayonında jaslardı qollap-quwatlaw dawam etpekte.
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA BASLIǴI HÁM AǴZALARI MENEN TANISIŃ
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Seytnazarov Sarsenbay Erjanovich
янв.21
MÚRÁJAT QADAǴALAWǴA ALINDI HÁM MASHQALA SAPLASTIRILDI.
янв.21
MÚRÁJAT QADAǴALAWǴA ALINDI HÁM MASHQALA SAPLASTIRILDI.
янв.21
Rayonlıq Keńes sheshiminiń orınlanıwı ámelde - Atakól máhállesinde asfaltlaw jumısları baslandı.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida Bolalar masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Yig‘ilish davomida bolalar huquqlarini himoya qilish, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda profilaktik tadbirlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda muhokama qilindi.

Jumladan:

bolalar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish choralari;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash holati;
ta’lim va tarbiya yo‘nalishidagi tadbirlar;
mavjud muammo va kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur yig‘ilish bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4