Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Sárdarlar forumı: jetekshilikke qaray úlken qádem!
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
MÚRÁJAT QADAǴALAWǴA ALINDI HÁM MASHQALA SAPLASTIRILDI.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi baslıǵı Reyov Alliyar Júsipbaevich jumıs kúnin “E-Kengash” elektron platformasında kelip túsken múrájatlardı úyreniwden basladı.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
DEPUTAT MÁHALLEDE.
янв.21
Jaslar menen ushırasıw bolıp ótti.
Nodira Egamberdiyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Egamberdiyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nodira Egamberdiyeva 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan Shayxontohur tumanidagi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 30-“Komolon” saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, axborot berdi.

📝 Mazkur tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev, tuman Kengashi deputati Nodira Tuykulova, partiya faoli Dilshod Isomiddinov, shuningdek, mahalla faollari, fuqarolar hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

📉 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarga manzilli yondashish hamda hududlarda mavjud ijtimoiy masalalarni hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

💡 Shuningdek, deputat o‘z faoliyati davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, tegishli doimiy komissiyalar majlislari hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish va qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlash yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

💼 Axborotdan so‘ng mahalla faollari bilan hudud infratuzilmasini yaxshilash, oilalarda gender tenglikni ta’minlash, tinch va barqaror muhitni mustahkamlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🗣 Tadbir yakunida savol-javob shaklida o‘tgan ochiq muloqotda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, xususan, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish hamda hududdagi ayrim ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirib, ular bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan birgalikda amaliy choralar belgilab olindi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10