📖Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan Boldir MFY hududidagi mavjud muammolar o‘rganildi.
📈Xususan, Do‘rmon hududidagi Boldir MFYga qarashli Qoraqalpoq-1 qishlog‘ida beton ustunlarga yopiq kabel tortilmaganligi masalasi ko‘tarildi.
⚡️Mazkur muammo yuzasidan elektr tarmog‘i boshlig‘i Umid Salimov bilan muzokara olib borildi. Unga ko‘ra, ushbu kamchilikni joriy yil may oyining oxiriga qadar to‘liq bartaraf etish bo‘yicha va’da berildi.
✍️Aholini qiynayotgan muammolar bosqichma-bosqich hal etib borilmoqda.