Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar U.Aripjanov va M.Mirabdullayev tomоnlaridan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida “Mikrokreditbank ATB tuman filialida tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida bank filiali tomonidan jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari ajratish tartibi, fuqarolarga taqdim etilayotgan shartlar shaffofligi, kredit shartnomalarining qonun talablariga muvofiqligi hamda mijozlarga axborot berish darajasi atroflicha tahlil qilindi. Xususan, kredit ajratishda fuqarolarning to‘lov qobiliyatini baholash, ortiqcha qarz yuki yuklamaslik, foiz stavkalari va qo‘shimcha to‘lovlar haqida to‘liq ma’lumot berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Shuningdek, bank tomonidan mijozlarga kredit shartlari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari qay darajada olib borilayotgani, shartnomalarda barcha muhim shartlar ochiq va ravshan aks ettirilayotgani o‘rganildi. Aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari holati ham tahlil qilindi.

🔷O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda, jumladan, kredit oluvchilarga huquqiy tushuntirishlarni yanada kengaytirish, qarz yukini kamaytirishga qaratilgan maslahat xizmatlarini kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 5