Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
Puqaralardı qabıllaw ótkerildi.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Pirjanova Almagúl Begniyazovna
янв.21
Deputat úyme-úy jurip sáwbetlesiwler ótkerdi.
янв.21
DEPUTATLÍQ SORAWǴA JUWAP BERILDI.
янв.21
Nızamlar Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatları kesiminde bólistirildi.
янв.21
SOCIALLÍQ OBEKTLER-DEPUTATLAR QADAǴALAWÍNDA.
янв.21
Turaqlı komissiya baslıǵı hám aǵzaları menen tanısıń.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi deputatı Dawletyarova Venera Begdiyarovna
янв.21
Húkimet qararlarınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi, deputat Artikov Davron Omarbayevich boshchilik qildi.

🚨 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2026 yilning I-choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

📊 Xususan:

▪️ profilaktik tadbirlar

▪️ aholi xavfsizligini ta’minlash choralari

▪️ amaliy mashg‘ulotlar va tushuntirish ishlari

▪️ kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🗣 Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Ulug‘bek Masharipov tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi hamda doimiy komissiya a’zolarining savollariga javob qaytarildi.

🔥 Yig‘ilish davomida deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan aholini zaharli gazdan zaharlanish, portlash va yong‘in holatlaridan himoya qilish maqsadida “Uyma-uy” va “Mahallabay” kesimida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🏫 Deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna esa umumta’lim maktablari va texnikumlarda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida:

▪️ “Yosh qutqaruvchi” musobaqalarini tashkil etish

▪️ zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish

▪️ evakuatsiya va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berdi.

📑 Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🤝 Aholi xavfsizligi — ustuvor vazifa!

Slide 1 of 6