Oʻrganish davomida qurilish ishlarining sifati, ishlarning belgilangan meʼyor va talablarga muvofiq bajarilishi hamda qurilish materiallarining sifatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, obyektda ish jarayonining belgilangan grafik asosida olib borilishi, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda taʼlim muassasasida zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Mutasaddilarga aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ish sifatini yanada oshirish hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.