"Adolat” SDP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.O'razbayev, S.Muratbayeva va XDP partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputati X.Rajapovalar tomonidan Yangiobod MFYda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy ishlar, ko‘rsatilayotgan yordam choralarining samaradorligi va manzilliligi tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.