Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DÍQQAT XABARLANDÍRÍW!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
Puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat is-sharası bolıp ótti.
янв.21
"Аbаt ha'm payizli ma'halle – elimiz ko'rki".
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sharayatlar - deputatlar itibarında
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sport shárt-sharayatları - deputatlar itibarında.
Qonun ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan kotibiyat mudiri J.Sadirov ishtirokida tumanning “Ma’rifat” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔷O‘rganish “Ma’rifat” mahallasida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisi S.Kuchkarov tomonidan Qonun talablari asosan mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔷Shuningdek, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlar ro‘yxati shakllantirilgani, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

🔷Mahallada sport to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari va turli tanlovlar muntazam tashkil etilayotgani, bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ishlar ham tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi.

🔷Mazkur o‘rganish natijalariga ko‘ra, “Ma’rifat” mahallasida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 4