Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyidagi tumanda mavjud bo‘lgan tashlama ariq zovurlarning hozirgi holati, ya’ni atrof-muhitga ta’siri yuzasidan o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: ushbu masala dastlab joriy yilning 17-aprel kuni tegishli ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi shuningdek, tuman SEOJSB hamda Meliorasiya bo‘limi mas’ul rahbarlarining tegishli ma’ruzalari eshitildi.

So‘ngra komissiya hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masala yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masala bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori tasdiqlanishi belgilab olindi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 10