Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DÍQQAT XABARLANDÍRÍW!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
Puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat is-sharası bolıp ótti.
янв.21
"Аbаt ha'm payizli ma'halle – elimiz ko'rki".
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sharayatlar - deputatlar itibarında
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sport shárt-sharayatları - deputatlar itibarında.
22-aprel – Xalqaro “Yerni himoya qilish kuni”

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "2-Hamkor" okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna ishtirokida tumandagi 238-sonli umumta’lim maktabida 22-aprel – Xalqaro “Yerni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Agar men yer bo‘lsam” mavzusida video roliklar va sahna ko‘rinishlari tanlovi tashkil etildi.

 🍀 Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar ongida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash va yer resurslaridan oqilona foydalanish g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

 👁 Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar o‘zining dolzarbligi, mazmun-mohiyati hamda badiiy ifodasi bilan ajralib turdi. O‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari va video roliklarda ona tabiatga mehr, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, kelajak avlod oldidagi mas’uliyat kabi muhim g‘oyalar chuqur aks etdi.

 🔼 Tadbir ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada tashkil etilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida ekologik ong va tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6