Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew boyınsha úgit-násiyat is-ilájı bolıp ótti.
янв.21
Xalıqtıń múrájatı úyrenildi.
янв.21
“E-Kengash” platformasına kelip túsken múrájatlar úyrenilmekte.
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Deputatlar menen hápte dawamında ámelge asırılatuǵın áhmiyetli máseleler belgilep alındı.
янв.21
Hár bir qarıs jer — bereket, molshılıq deregi.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 4-8-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesiniń hápte dawamındaǵı iskerligi (27.04 01.05 2026-jıl)
🏢 Ko‘p kvartirali uylar va bolalar maydonchalari bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-34-7-95-K/26-son qarori bilan tumandagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash, tutash hududlarni obodonlashtirish hamda bolalar maydonchalari qurish bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.

Mazkur qaror orqali aholi yashayotgan ko‘p qavatli uylar atrofidagi sharoitlarni yaxshilash, bolalar uchun xavfsiz maydonchalar yaratish va uy-joylarning texnik holatini yaxshilash ishlari rasman boshlanmoqda.

👶 Xalqobod mahallasida yangi bolalar maydonchasi quriladi

Qarorga muvofiq, Ishtixon tumani Xalqobod MFY, Xalqobod ko‘chasi 2-uy hududida respublika byudjeti hisobidan 353 million so‘m mablag‘ evaziga 1 ta zamonaviy bolalar maydonchasi barpo etiladi.

Bu qaror orqali bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy dam olish maskani yaratiladi, mahalla hududining obodonligi yanada yaxshilanadi.

🏠 2026-yilda 5 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlanadi

Tasdiqlangan dastlabki ro‘yxatga ko‘ra:

🔹 O‘zbekiston MFYdagi Lolozor ko‘chasidagi 2 ta uy;

🔹 Q.Qarshiyev MFYdagi Nuriston ko‘chasidagi 1 ta uy;

🔹 Ko‘tarma MFYdagi Ko‘tarma massivi ko‘chasidagi 2 ta uy joriy va mukammal ta’mirdan chiqariladi.

Umumiy hisobda:

💰 63 million so‘mlik ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;

🚪 8 ta kirish yo‘lagi (podyezd) ta’mirlanadi;

🏘 5 ta ko‘p kvartirali uyda yashovchi fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Mazkur mablag‘larning 31,5 million so‘mi mahalliy byudjet, yana 31,5 million so‘mi boshqaruv servis kompaniyalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Eng muhimi, bu ishlar oddiy reja emas, balki Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining rasmiy qarori asosida amalga oshiriladi. Qarorda har bir manzil, ajratiladigan mablag‘ va mas’ul tashkilotlar aniq belgilab qo‘yildi.

📌 Endilikda:

✅ ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;

✅ qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi;

✅ obyektlarning o‘z vaqtida topshirilishi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi va doimiy komissiyalar nazoratida bo‘ladi.

Bu qaror tumandagi ko‘p qavatli uylar holatini yaxshilash, aholiga qulay yashash sharoiti yaratish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1