Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar saylovchilarga axborot berdi

O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati Eshniyozov G‘ulomjan hamda “Adolat” SDP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Urazbayev Mansur Amir Temur OFY saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida deputatlar o‘zlarining deputatlik faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil axborot berdi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan muhim hujjatlar mazmuniga qaratilib, ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Yangi qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.

Slide 1 of 4