🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Farxod Ibragimov tumandagi Yo‘ltushgan mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.
📝O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tizimining tashkil etilishi, xizmatlarning sifatli yo‘lga qo‘yilgani ko'rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.