Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DÍQQAT XABARLANDÍRÍW!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
Puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat is-sharası bolıp ótti.
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sharayatlar - deputatlar itibarında
янв.21
"Аbаt ha'm payizli ma'halle – elimiz ko'rki".
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sport shárt-sharayatları - deputatlar itibarında.
“Yoshlar kuni” doirasida deputatlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O. Pardayev ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan bevosita muloqot olib bordi. Deputat o‘z so‘zida bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, turli grantlar, startap loyihalar va bandlikni ta’minlashga qaratilgan dasturlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, partiya faoliyati, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Deputat yoshlarni faollikka, tashabbuskorlikka va jamiyat hayotida bevosita ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolar bilan murojaat qildilar. Xususan, bandlik, ta’lim sifatini oshirish, amaliyot masalalari, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Bildirilgan barcha savollarga deputat tomonidan batafsil va asosli javoblar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot, erkin fikr almashinuvi va konstruktiv ruhda o‘tdi. Bunday tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1