DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
✅Bandixon tumani aholisining navbatdagi muammosi o‘z yechimini topdi.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova tomonidan "Quduqsoy" MFYdagi Barhayot ko‘chasi aholisining murojaatlari asosida mahalla idorasiga boruvchi yo‘lni ta’mirlash masalasi ko‘tarilgan edi.
✅Natija:
✅ Manzil: "Quduqsoy" MFY, Barhayot ko‘chasi.
✅ Masofa: 4.7 km.
✅ Bajarilgan ish: To‘liq asfalt yotqizildi.
✅ Holati: Ishlar 100 foizga yakunlandi.
Endilikda mahalla ahli va ayniqsa keksalarimiz, yoshlarimiz uchun manzillar yaqin, yo‘llar esa ravon. Xalq roziligi — oliy maqsadimiz!