Yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-okrug deputati Komilova Shoira Kurganovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Aripova Gulnora Akbarovnalar, “O‘tkir” mahallasidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, o'rgandi.

Xususan deputat tomonidan “O‘tkir” mahallasida, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etganligi hamda yil boshidan mahalladagi nechta nafar og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatilganligini so‘radi.

Slide 1 of 3