Mazkur jarayon doirasida deputatlar 1-sonli sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohada olib borilayotgan ishlarni atroflicha ko‘zdan kechirdilar.Sport maktabida yaratilgan sharoitlar, mavjud sport inshootlari, mashg‘ulot zallari hamda o‘quvchilar uchun tashkil etilgan trening jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, murabbiylar va yosh sportchilar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. O‘rganish ishlarida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari M.Saddinova, Sh.Xolmo‘minov ishtirok etdi. Yakunda deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, qonun ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.