Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DÍQQAT XABARLANDÍRÍW!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
Puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat is-sharası bolıp ótti.
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sharayatlar - deputatlar itibarında
янв.21
"Аbаt ha'm payizli ma'halle – elimiz ko'rki".
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sport shárt-sharayatları - deputatlar itibarında.
Deputatlar o‘rganish o‘tkazdilar

Mirobod tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi ma’muriyati nomidan Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi nomiga poliklinikadagi rentgen apparati buzilgani, 2025-yilning dekabridan beri ishlamasligi, uning o‘rniga yangi rentgen apparatini sotib olish zarurati borligi, shuningdek, yana bir nechta jihozlar: - ko‘z ichki qon bosimini o‘lchash manometri, avtorefratometr uskunasi elektr stoli xarid qilish uchun mahalliy byudjetning orttirilgan mablag‘lari hisobidan 225 mln. so‘m ajratish to‘g‘risida murojaat qilingan. 

Mazkur masalani Kengashning navbatdagi sessiyasida o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash jarayonida, doimiy komissiya raisi, deputat A.B.Mamanazarov, kotibiyat mudiri A.A.Karimov joyiga chiqib, boshqarma boshlig‘i, rentgen shifokori, personal bilan suhbat o‘tkazish orqali o‘rganish tadbirlarini olib bordilar.

O‘rganish natijalaridan qoniqish hosil qilmagan deputatlar yana bir bor mustaqil mutaxassislar (ekspertlar)ni jalb etib, to‘liq o‘rganish (defektni akt) dalolatnomasi asosida masalaga yondashishga kelishib oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 9