Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DÍQQAT XABARLANDÍRÍW!
янв.21
TURAQLI KOMISSIYA MÁJILISI BOLIP ÓTTI.
янв.21
Puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat iláji dawam etpekte.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ.
янв.21
Xalıq bántligin támiyinlew hám sociallıq máseleler boyınsha úgit-násiyat is-sharası bolıp ótti.
янв.21
"Аbаt ha'm payizli ma'halle – elimiz ko'rki".
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sharayatlar - deputatlar itibarında
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan múnásip sport shárt-sharayatları - deputatlar itibarında.
Mahalla ayollari doimiy ish bilan ta’minlandi

 🔹O‘zLiDeP bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi mahallada faoliyat yuritayotgan tashabbuskor ayollarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularning ilg‘or tajribasini ommalashtirishga xizmat qilayapti. Loyiha doirasida Uchko‘prik tumanidagi "Vaxobov Elbek" oilaviy korxonasi rahbari-tadbirkor ayol Xamidaxon Akbarova faoliyati yaqindan o‘rganildi. Uning tikuvchilik yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari, ishlab chiqarish jarayoni va bandlik yaratish borasidagi natijalari tahlil qilindi. Korxona asosan tikuvchilik sohasida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mahallada 158 nafar ayolni doimiy
ish bilan ta’minlagan. Bu, o‘z navbatida, nafaqat bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga, balki mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy qadam sifatida e’tirof etildi.
 

🔹O‘rganishlar davomida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasining asosiy maqsadi — mahallalarda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning biznes tashabbuslarini rag‘batlantirish va muvaffaqiyatli tajribalarni keng jamoatchilikka yetkazish ekani alohida ta’kidlandi. Xamidaxon Akbarovaning faoliyati ana shunday ibratli tajribalardan biri sifatida baholandi. "Nilu baby" oilaviy korxonasi haqida ham yuqoridagidek ijobiy fikrlar bildirish mumkin. 

🔹Deputat o‘rganuvi yakunida tadbirkor Xamidaxon Akbarovaning ilg‘or ish usullarini ommalashtirish, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.  

Slide 1 of 1