📆 24-27-mart kunlari kotibiyat hamda deputatlar ishtirokida hududlarda amalga oshiradigan ishlar bilan tanishing:
️24-mart kuni – Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish;
📍 "Yangibo‘ston" MFY
👤 Deputat: G.Saitqulova
👤 Kotibiyat mudiri: X.Berdiyarova
24-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 23-sessiyasida ko‘riladigan masalalarni doimiy komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish;
📍 Kotibiyat binosi
👤 Bosh mutaxassis: A.Sharopov
24-mart kuni – Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, toʻy-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan aholiga tushuncha berish maqsadida uchrashuv tashkil etish;
📍 "Jo‘langar" MFY
👤 Deputat: U.Yarlakabov
👤 Kotibiyat mudiri: A.Sharopov
25-mart kuni – Boyovut tumani yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputatlar: A.Bo‘tayev, J.Allayarova
👤 Bosh mutaxassis: Sh.Suvankulov
25-mart kuni – Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish;
📍 "Yangiobod" va "Anorzor" MFY
👤 Deputatlar: N.Narxadjayeva, D.Rustamova
👤 Bosh mutaxassis: A.Sharopov
26-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 23-sessiyasini o‘tkazish;
📍 Tuman hokimligi binosi
👤 Kotibiyat xodimlari
26-mart kuni – Navro‘z mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan 2025-yilda amalga oshirgan ishlari va 2026-yilda amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish;
📍 "Navro‘z" MFY
👤 Deputatlar: A.Bo‘tayev
👤 Bosh mutaxassis: Sh.Suvankulov
27-mart kuni – Taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy soha muassasalarining isitish tizimiga tayyorgarligi, koʻmir va yoqilgʻi zaxiralari holatini oʻrganish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputat: A.Odilov
👤 Bosh mutaxassis: Sh.Suvankulov
27-mart kuni – Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat Jumavoy Rahmonqulovning faoliyatini “Deputat bilan bir kun” loyiha asosida OAVlarida yoritish;
📍 Tuman hududi
👤 Deputat: J.Rahmonqulov
👤 Bosh mutaxassis: Sh.Suvankulov
Ushbu chora-tadbirlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.