Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuwıw bóliminde korrupciyalıq jaǵdaylardıń aldın alıw boyınsha úyreniw ótkerildi.
янв.21
Deputatlıq qadaǵalaw.
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńes sekretariatı baslıǵı, Keńes deputatı T.Júsipov «Taxtakópir tańı» gazetasınıń 2026-jıl mart ayı 6154-sanında.
янв.21
Xalıq deputatları Taxtakópir rayonlıq Keńesi baslıǵı A.Reyov «Taxtakópir tańı» gazetasınıń 2026-jıl mart ayı 6154-sanında.
янв.21
Oqıwshılar ushın jaratılǵan sport sharayatları úyrenildi.
янв.21
Deputatlar saylawshılar menen ushıraspaqta.
янв.21
Biypul dári-dármaqlar menen támiyinlew jaǵdayı úyrenildi.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
DEPUTAT SORAWÍ SHÍǴARÍLDÍ.
Davlat rahbari farmoni ijrosi o‘rganildi.

 Davlat rahbari farmoni ijrosi o‘rganildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoniga asosan
amaldagi Quva tuman kasbiy ko‘nikma markazi o‘rnida Quva 2-son texnikumini tashkil
etilishi belgilangan. 

Mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida xalq
deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov, Kengash kotibiyat
mudiri R.Nodirovlar ushbu o‘quv dargohiga tashrif uyushtirdilar. 

Mazkur o‘quv yurti 2026-o‘quv yilidan boshlab yoshlarni qabul qilishi belgilangan. 

Tashrif davomida deputatlar texnikum faoliyatiga qiziqish bildirib, kelgusida o‘qishga kirishni maqsad
qilib kelgan maktab bitiruvchilari bilan ham uchrashdilar. Uchrashuv davomida ularga
ta’lim olish, bilimga intilish, vatanparvar bo‘lib ulg‘ayish zarurligi bo‘yicha
nasihatlar qildilar va texnikumdagi sharoitlar bilan tanishdilar.  

Uchrashuv yakunida mas’ullarga yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni qabul qilish, sharoitlarni yaxshilashga
oid masalalar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.  

Slide 1 of 6