Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti vakillari maktabi a’zolari hamda Yoshlar maslahat guruhi ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlis davomida:
▫️ Yoshlar maslahat guruhi a’zolarini qaytadan saylash
▫️ Deputatlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish
▫️ Yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar
kabi muhim masalalar muhokama qilindi.