Tuman Kengashi deputati X.Qaxxarov tomonidan saylov okrugida joylashgan Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda
qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahalla hududida profilaktika inspektori, mahalla raislari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda aholi oʻrtasida profilaktik suhbatlar, huquqiy targʻibot ishlari hamda tushuntirish tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.
Kelgusida ham mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlar davom ettiriladi.