O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi tashabbusi bilan “Naymanko‘l” OFYdagi 5-sonli maktabda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Davlat dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari D.Artikov 2026-yilda mahallalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.