Tuman Kengashi deputati X.Axadov o‘z saylov okrugida yashovchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvdan asosiy maqsad aholining muammo va takliflarini tinglash, ularni hal etish yuzasidan belgilashdan iborat.
Uchrashuvda mahalla faollari, yoshlar va keksa nuroniylar ishtirok etdilar. Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Saylovchilar tomonidan kommunal xizmatlar, yo‘llarni ta’mirlash, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy masalalar bo‘yicha bir qator murojaatlar bildirildi. Deputat ushbu murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga so'rov chiqarishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati haqida ham ma’lumot berib o‘tdi. Fuqarolar deputat bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.