Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-okrug deputati N.Alimov okrugidagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari muhokama qilindi va fuqaroni murojati tinglandi.
Jumladan deputat tomonidan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining O’RQ-415 -sonli Qonuni yuzasidan tushunchalar berildi.