Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A. Oripov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari Z. Mengnarova, A. Narmuradov hamda O‘zbekiston XDP Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Avazovlar tashabbusi bilan tumandagi “Qoratepa” mahallasida o‘tkazildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Xususan, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, yoshlar hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, strategiya doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir savol-javoblarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Ayniqsa, nuroniylarni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5