Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Deputat qadaǵalawı» joybarı.
янв.21
«Deputat máhállede» joybarı.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
Mustaqillik mahallasida xonadonma-xonadon yurib tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Zomin tumani Mustaqillik mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi ijrosi doirasida hududni obodonlashtirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda bahorgi ko‘chat ekish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, mahallaga biriktirilgan mas’ul xodimlar, tuman Kengashi deputatlari mahalla nuroniylari hamda faollari tomonidan xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Uchrashuvlar davomida fuqarolarga tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bahorgi mavsumda ko‘chat ekish ishlarini kengaytirish, xonadonlar atrofi hamda mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, aholi o‘rtasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini faollashtirish, xonadon tomorqalaridan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlar mahallani yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi farovonligini oshirish hamda ekologik muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5