Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Taxtakópir rayonında ótkerilgen ulıwmaxalıqlıq qayırqomlıq shembiliginde rayonlıq Keńes deputatları belsene qatnaspaqta.
янв.21
«Deputat qadaǵalawı» joybarı.
янв.21
«Deputat máhállede» joybarı.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
Deputat mahallada targ'ibot tadbiri

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nafosat Allaberganova tomonidan mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga oid targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 642-sonli “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuv Saxovat mahallasi hududida joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlari bilan o‘tkazildi. Tadbir davomida qonunning asosiy yo‘nalishlari, xususan, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta’minlash hamda mehnat bozorida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonun normalari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi yuzasidan batafsil javoblar oldilar. Uchrashuv davomida o‘zaro fikr almashilib, mehnat va bandlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha suhbat olib borildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni bandlik sohasidagi yangiliklar va imkoniyatlardan xabardor qilishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3