Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Deputat qadaǵalawı» joybarı.
янв.21
«Deputat máhállede» joybarı.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalardagi muammolar va rejalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari viloyat hamda Guliston shahar Kengashi deputatlari E.Mansurskaya, B.Normatov va E.Abduraxmonov ishtirokida o‘zlari saylangan mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijrosi hamda ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish, ijtimoiy muammolarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, shaharni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida 2026-yilda mahallalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish, obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash ishlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv jarayonida fuqarolar tomonidan issiqlik tizimini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kanalizatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, shuningdek hudud infratuzilmasiga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan taklif va muammolar deputatlar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 6