Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi» bolıp ótti.
янв.21
✍️ HÁPTELIK REJE (10–14 mart)
янв.21
Deputatlıq sorawı tiykarında, puqaralar múrájatı unamlı sheshildi.
янв.21
Deputattıń baslaması menen ishki jollar mashqalası sheshilmekte.
янв.21
«Gezektegi turaqlı komissiya májilisi bolıp ótti».
янв.21
"Suw - ómir girewi, máhálledegi mashqalalardıń sheshimine qaray qádem".
янв.21
Ózbekstan Ekologiyalıq partiyası rayonlıq Keńesi deputatlíq toparınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI TAXTAKÓPIR RAYONI KEŃESI 2026-JILDIŃ MART AYI USHIN BELGILENGEN ÁHMIYETLI WAZIYPALAR
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
янв.21
«Deputat máhalle»de joybarı.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Boyovut tajribasi” asosida ishlab chiqilgan tuman yo‘l xaritasida belgilangan ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlari doirasida Boyovut tumani “Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 45-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini mukammal ta’mirlash hamda hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy ta’lim maskanini barpo etish ko‘zda tutilgan.

🏗️ Mazkur loyiha doirasida “Sarmich” mahallasi yoshlari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yangi maktab binosi qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘 Ushbu obyekt qurilish jarayoni tuman hokimi Niyoz Xazratkulov hamrohligida tuman deputatlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilayotgani hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔘 Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek kelajakda o‘quvchilar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4